Toshkent shahrining ayrim hududlarida issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

Qayd etilishicha, issiqlik tarmoqlarida avariyaviy taʼmirlash ishlari olib borilishi va tegishli jihozlarni almashtirish zarurati tufayli bugun, 11-iyul kuni quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi:
- Mirzo Ulug‘bek tumani — Mirzo Ulug‘bek, Sayram, Mustaqillik, Muhammad Yusuf, Boyqo‘rg‘on, Botkina ko‘chalari.
- Yashnobod tumani — Parkent, Riyoziy, “Tashselmash” dahalari.
Issiq suv taʼminoti taʼmirlash ishlari tugallanishi bilan tiklanadi (taxminan bugun soat 21:00 gacha).
Veolia Energy Tashkent MCHJ XK yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.
Avvalroq Toshkent shahri Yashnobod tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida minglab xonadonlar gaz ta’minotisiz qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)