192 ming AQSH dollarini noqonuniy olib o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarosi Indira Gandi xalqaro aeroportida Markaziy sanoat xavfsizlik kuchlari (CISF) tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda The New Indian Express xabar berdi.
Ayblanuvchi P.D. bojxona xodimlariga topshirilgan. 7-iyul kuni soat taxminan 22:10 da IGI aeroporti 3-terminalining CISF kuzatuv va razvedka xizmati xodimlari ro‘yxatdan o‘tish joyida yo‘lovchining shubhali harakatlarini payqagan.
Toshkentga uchayotgani taxmin qilingan yo‘lovchi yarim tunda “O‘zbekiston havo yo‘llari” reysi bilan jo‘nashi kerak bo‘lgan.
Yukni sinchkovlik bilan tekshirish maqsadida gumonlanuvchi tasodifiy nazorat punktiga yo‘naltirilgan. Xavfsizlik xodimlari uning yukini tekshirganda u o‘z yuklarini boshqa yo‘lovchiga topshirishga uringan.
“U immigratsiya nazorat qismida o‘zini betob qilib ko‘rsatgan va hojatxonaga borgan, u yerda bortga chiqish talonini oqizib yuborgan”, deydi rasmiy.
Yo‘lovchi zudlik bilan xavfsizlik xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, bojxonaning jo‘nab ketish boshqarmasiga keltirilgan.
Bojxona xodimlari ishtirokida sinchiklab tekshirilganda, ayblanuvchining yuklari orasida, xususan, yostiq jildlari, choyshablar va ayollar kiyimlari ichiga yashirilgan umumiy qiymati taxminan 192 ming AQSH dollari (qariyb 16 million hind rupiysi) miqdorida pullar borligi aniqlangan.
Izoh (0)