Toshkent shahrining uch tumanida bugun, soat 10:00 dan boshlab gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.
Unga ko‘ra, ta’mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek, Bektemir va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 3-iyul kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
- Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 14:30 gacha): “Do‘stlik” va “Chingeldi” MFYlari
Aholi iste’molchilari soni: 1320 ta yerli xonadon
Ulgurji iste’molchilar soni: 28 ta.
- Bektemir tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha): “Nurli yo‘l” MFY Yashil vodiy, Shodiyona, A.Ikromov, A.Temur, Bektemir shox ko‘chalari, “Zabardast” MFY Yangi hayot ko‘chasi
Aholi iste’molchilari soni: 476 ta xonadon
Ulgurji iste’molchilar soni: 12 ta.
- Yashnobod tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Mirishkor” MFY
Aholi iste’molchilari soni: 510 ta yerli xonadon
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘radi.
Izoh (0)