Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli, Olmazor va Mirobod tumanlari hududlariga 2-iyul kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.
Sergeli tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha) “Bunyodkor” va “Yangi Bunyodkor” MFYlari:
- aholi isteʼmolchilari soni — 23 ta ko‘p qavatli uylardagi 2328 ta xonadon;
- ulgurji isteʼmolchilar soni — 6 ta.
Olmazor tumani (soat 10:00 dan 17:30 gacha) “Yangi Sebzor” MFY:
- aholi isteʼmolchilari soni — ko‘p qavatli uydagi 108 ta xonadon;
- Ulgurji isteʼmolchilar soni — 2 ta.
Mirobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) “Oq uy” MFY Eski otchopar ko‘chasi:
- aholi isteʼmolchilari soni — 42ta xonadon.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
- Avvalroq taʼmirlash ishlari tufayli Yunusobod, Mirobod va Olmazor tumanlarining qator hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)