Ijtimoiy tarmoqlarda 19-aprel kuni Shahrisabz shahrida voyaga yetmagan bola YTH qurboni bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, Shahrisabz shahridagi 11-maktabning 1-“B” sinf o‘quvchisi O.I. 19-aprel kuni maktabga kelgan hamda darslarga to‘liq qatnashgan. Soat 12:35 atrofida o‘quvchi uyi yonidagi piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotganda, yuqori tezlikda kelayotgan Damas avtomashina haydovchisi o‘quvchini urib yuborgan.
O‘quvchi zudlik bilan Shahrisabz shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan.
Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan o‘quvchi vafot etgan.
Huquq tartibot organlarining maʼlum qilishicha, JK 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi qamoqqa olingan.
Izoh (0)