• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonning iqtisodiy ahvoli qanday? Iqtisodchi olim muammolar haqida gapirdi

    Iqtisod fanlari doktori, professor To‘lqin Boboqulov “Daryo” bilan suhbatda bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodi qanday ahvolda ekanligi va muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritishda duch kelinayotgan ayrim muammolarni tilga olib o‘tdi.

    Iqtisod fanlari doktori, professor To‘lqin Boboqulov 
    Foto: “Daryo”

    To‘lqin Boboqulov dastlab, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 28-yanvarda imzolagan 60-sonli farmoni va 2020-yil 12-may kunida imzolangan 5992-sonli farmonida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank oldiga muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish vazifasi qo‘yilganini, biroq hozirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank bu siyosatni yurita olmayotganini ta’kidladi.

    “O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2022-yil 28-yanvarda imzolagan 60-sonli farmoni va 2020-yil 12-may kunida imzolagan 5992-sonli farmonida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank oldiga muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish vazifasi qo‘yilgan. Bu to‘g‘ri qo‘yilgan masala. Bu O‘zbekistonning iqtisodiy ahvolini yaxshilashga xizmat qilishi kerak edi. Lekin hozir muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosatni yuritib bo‘lmayapti. Men buni aniq raqamlarga tayangan holda gapirmoqchiman.

    2023-yilda iqtisodiyotimizning pul bilan taʼminlanganlik darajasi bor-yo‘g‘i 20 foizni tashkil qildi. Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan olimlar tomonidan isbotlanganki, iqtisodiyotning yetarli darajada pul mablag‘lari bilan taʼminlanmasligi makroiqtisodiy o‘sishni taʼminlay olmaydi. Ilmiy jihatdan bu asoslangan. Olimlar iqtisodiyotning pul bilan taʼminlanganlik darajasi kamida 40 foizi bo‘lishi kerakligini taʼkidlaydi. Bo‘lmasa, iqtisodiyotda to‘lovsizlik muammosini hal qilib bo‘lmaydi. Bunga yorqin misol — O‘zbekiston iqtisodi. Iqtisodiyotimizning pul mablag‘lari bilan taʼminlanganlik darajasi juda kam, 20 foiz bo‘lgani uchun bizdagi korxonalar o‘rtasida juda katta to‘lovsizlik muammosi mavjud. Buni hal qilishning iloji yo‘q. Nima uchun? Chunki to‘lovsizlik muammosini hal qilish uchun iqtisodiyotning pul bilan taʼminlanganlik darajasini yetarli darajada yechish kerak.

    Iqtisodiyotda pul bilan taʼminlaydigan 2 ta kanal bor. Birinchisi — kredit kanali. Mamlakatda kreditlarning foizi past va barqaror bo‘lishi kerak. Shunda kredit oluvchilar ko‘payadi va ishlab chiqarish kuchayadi. Bu tajriba dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘zini oqlagan. Bizda esa kreditning foizi juda baland — 28-30 foiz. Bu kreditni olgan inson uni qaytara olmaydi. Baland foizdagi kreditni olgan bilan, undan samarali foyda chiqarish mushkul! Ikkinchisi bu — byudjet kanali. Biroq bu kanal biz uchun berkilgan. Chunki hozir davlat byudjetida katta miqdorda defitsit mavjud. Hozir davlat byudjet xarajatlarini oshira olmaydi.

    “Demak, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshira olmayotganimizning birinchi sababi — iqtisodiyotning pul mablag‘lari bilan taʼminlanganlik darajasiga bog‘liq. Ikkinchi sababi — milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash. 2023-yilda Bloomberg nashri o‘zbek so‘mini dunyodagi top-10 ta eng qadrsiz valyutalar tarkibiga kiritdi. Nima uchun? Chunki yillar davomida so‘mning qadrsizlanishi sur’ati juda baland bo‘ldi. 2023-yilda Ukrainada urush davom etayotganiga qaramay, Ukrainaning pul birligi grivnaning qadrsizlanishi sur’ati dollarga nisbatan 3,6 foizni tashkil qildi. O‘zbekiston so‘mi esa 9,9 foizni tashkil etdi. Xalqaro valyuta fondi ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, agar mamlakat milliy valyutasining yillik qadrsizlanish surati 10 foizga yetsa, bu mamlakatda moliyaviy inqiroz boshlanganini bildiradi. Yaʼni bizning kurs masalasida katta muammolarimiz bor. Uchinchi sababi — tashqi savdo balansida katta defitsit mavjudligi. Bunday defitsit tariximizda bo‘lmagan. 2023-yilni qariyb 14 milliard dollar zarar bilan yakunladik. Bu ham biz uchun katta muammolarni yuzaga keltiradi. To‘rtinchi sababi — kreditlarning foiz stavkalarini pasaytira olmaganimizda. Kreditsiz iqtisodiyotni rivojlantirib bo‘lmaydi. Rivojlantirish uchun esa kreditlarning foizi past va barqaror bo‘lishi kerak. Bu dunyo amaliyotida o‘z isbotini topgan. Beshinchi sababi — aholining real daromadlarini oshirishning imkoniyati bo‘lmayapti. Nima uchun? Nominal ish haqqini oshirsak, bu bilan birga mahsulotlarning narxi ham ko‘tarilib bormoqda. Natijada real daromadlar oshmayapti", — deydi iqtisodchi olim.
    To‘lqin Boboqulov
    Foto: “Daryo”

    Iqtisodchi To‘lqin Boboqulov so‘zida davom etib, davlat byudjetidagi taqchillik sababli ish haqqini oshirib bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.

    To‘lqin Boboqulov O‘zbekiston iqtisodida yuzaga kelayotgan muammolarning tag zamiri davlat rahbarining farmon va qarorlarini bajarmaslikka borib taqalishini ma’lum qildi.

    “Bu yerda boshqaruv bilan bog‘liq muammolar mavjud. Bugun davlat rahbarining farmon va qarorlarini bajarmaslik oddiy ahvolga aylandi. Misol uchun, O‘zbekiston prezidentining 60-sonli farmonida 2023-yildan boshlab O‘zbekistonda davlat byudjeti defitsiti yalpi ichki mahsulotning 3 foizidan oshmaydi, deyilgan edi. Agar shu vazifani bajarganimizda, makroiqtisodiyotning bitta ko‘rsatkichini to‘g‘rilagan bo‘lar edik. Biz nima qildik? Iqtisodiyot va moliya vazirligi defitsitni 3 foiz qila olmadi. Natijada masala Senatga ko‘tarildi. Senat esa bu ko‘rsatkichni 5,5 foiz qilib belgiladi. Lekin davlat defitsiti yalpi ichki mahsulotning 3 foizidan oshadigan bo‘lsa, bu mamlakatda inflyatsiyani kuchaytiradi va makroiqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi. Shu boisdan 3 foiz etib belgilangan edi. Ammo biz bu farmonni bajarmadik. Davlat rahbari qaror qabul qildimi, u muhokama qilinmasligi kerak”, — dedi iqtisodchi.

    Shuningdek, iqtisodchi hozirda hokimlik va idoralar banklar faoliyatiga bevosita aralashayotganini tanqid ostiga oldi.

    “O‘zbekiston prezidenti 2023-yil 12-sentyabr kuni 3270-sonli qarorni imzolagan edi. Bu qarorda vazirlik, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlari tijorat bank filiallarining faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi yozilgan. Lekin hozir hokimliklar butunlay banklarning faoliyatiga aralashib ketdi. Hokimliklar banklarning normal ishlashiga yo‘l qo‘ymayapti. Ey o‘rtoqlar, banklar iqtisodiyotning qon tomiri hisoblanadi. Qon bu — pul. Iqtisodiyotda normal pul aylansa, davlat normal rivojlanadi. Hozir banklar o‘z ishini qilayotgani yo‘q”, — dedi To‘lqin Boboqulov.

    02.07.2024, 17:15   Izoh (0)   13952
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda iyundagi pensiya va nafaqa to‘lovlari bo‘yicha maʼlumot berildi

    14.06.2024, 20:25

    O‘zbekiston tashqi savdosi: eksportda oltin, importda avtomobil ulushi ko‘p  

    21.06.2024, 17:28

    O‘zbekistonda besh oyda qurilish korxonalari qancha soliq to‘lagani ochiqlandi 

    28.06.2024, 17:28

    “AES atom bombasi emas” — mutaxassis O‘zbekistonda quriladigan AES xavotirlari haqida

    02.07.2024, 15:33

    O‘zbekistonga AES qurilishi nega kerak? Mutaxassislar bilan suhbat

    01.07.2024, 23:45

    Islom moliyasi Markaziy Osiyo mamlakatlariga 2 mlrd dollar olib keladi — YTB

    28.06.2024, 13:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyada 60 ga yaqin deputat Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 17:30

    Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 17:12

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.