Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining nimchorak finalida Angliya va Slovakiya terma jamoalari 30-iyun, yakshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida Shrans slovakiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida esa Jud Bellingem ajoyib gol bilan hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa terma jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qildi. Qo‘shimcha bo‘limlar boshida esa Harri Keyn inglizlarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Qoldan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va Angliya 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.
Keyingi bosqichda Garet Sautgeyt shogirdlari Shveysariyaga qarshi maydonga tushadi.
Yevro—2024
Nimchorak final
30-iyun, yakshanba
Angliya – Slovakiya 2:1
Gollar: 0:1 – 25 Shrans, 1:1 — 90+5 Bellingem, 2:1 — 91 Harri Keyn
Angliya: Pikford, Uoker, Stounz, Gehi, Trippyer (Palmer, 66), Rays, Foden (Touni, 90), Bellingem (Konsa, 105), Maynu (Eze, 84), Saka, Keyn (Gallaher, 105).
Slovakiya: Dubravka, Pekarik (Tupta, 109), Shkrinyar, Vavro, Gansko, Kuska (Bero, 81), Lobotka, Duda (Benesh, 81), Garaslin (Suslov, 61), Shrans (Domber, 90), Streles (Bojenik, 62).
Ogohlantirishlar: Gehi (3), Maynu (7), Kuska (13), Bellingem (17), Shkrinyar (45+1), Pekarik (77), Vavro (108), Domber (114).
Izoh (0)