Ozarbayjonning Boku shahrida qidiruvdagi erkak ov miltig‘ida uch nafar politsiya xodimini va bir fuqaroni otib tashladi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujum sodir etgan erkak xavfsizlik xodimlari tomonidan o‘ldirilgan.
“Xazor tumani Shuvelan qishlog‘ida bir necha bor sudlangan, hozirda qidiruvda bo‘lgan Ozarbayjon fuqarosi Rovshan Allohverdiyev politsiya tomonidan qo‘lga olinishiga qarshilik ko‘rsatgan. U ov miltig‘idan o‘q uzgan... uch politsiyachi va bir fuqaroni o‘ldirgan.
Allohverdiev ichki ishlar xodimlari tomonidan zararsizlantirildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, 23-iyun kuni Dog‘istonda qurollangan noma’lum shaxslar pravoslav cherkovlari, sinagogalar va yo‘l-patrul xizmati postiga hujum qilgandi. Oqibatda 15 dan ortiq politsiya xodimi va bir necha kishi halok bo‘lgan, jangarilar esa o‘ldirilgandi.
Izoh (0)