Germaniyaning Gamburg shahrida niderlandiyalik futbol muxlislari kortejida politsiya tilla bolta bilan qurollangan erkakka qarata o‘q uzdi, deb xabar berdi Bild nashri.
“Niderlandiyalik muxlislarning 12:30 (Germaniya vaqti bilan)dagi yurishida politsiya tilla rangli bolta bilan huquq-tartibot idoralari xodimlariga bostirib kelgan shaxsga nisbatan chora ko‘rishga majbur bo‘ldi. Avvaliga hujumchiga nisbatan achchiq gaz ishlatildi, keyin esa o‘qotar qurol bilan otildi. Bir nechta o‘qdan yaralangan erkak yerga yiqildi”, — deya xabar beradi Bild nashri.
Hujumchining nima maqsadda bu ishni qilgani noma’lum. Ma’lumotlarga qaraganda hozirda u shifoxonaga yotqizilgan.
Yakshanba kuni Gamburgda Yevro-2024 guruh bosqichining Niderlandiya va Polsha o‘rtasidagi o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)