O‘zbekistonda o‘tgan besh oyda 59,1 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarilgani xabar qilindi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda 59,1 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,2 foizga oshgan.
2024 yilning 1-iyun holatiga ko‘ra O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 31 085 taga yetgan. Qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning 7 110 tasi Toshkent shahrida joylashgan.
O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar-aprel oylarida 46,9 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning 7 248 tasi Toshkent shahrida joylashgan.
Izoh (0)