O‘zbekistonda 2024-yil 1-may holatiga ko‘ra qurilish sohasida soliq qarzi (100 mln so‘mdan yuqori) mavjud bo‘lgan korxonalar soni 968 ta bo‘lib, ularning jami soliq qarzi 820,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, shundan 324,2 mlrd so‘mi, yaʼni 39,5 foizi 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari – Top-3:
- yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSI – 373,8 mlrd so‘m;
- Toshkent shahri – 101,9 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati – 81,1 mlrd so‘m.
Avvalroq O‘zbekistonda tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 738,4 mlrd so‘m qarzdorlik mavjud ekani xabar berilgandi.
Izoh (0)