Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda sohani rivojlantirish uchun yangi tashabbuslar ilgari surildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Texnika yo‘nalishidagi 36 ta oliygohda o‘qitish va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini ilg‘or tajriba asosida to‘liq o‘zgartirish zarurligi taʼkidlandi.
Masalan, davlat texnika universitetida mehnat bozorida talab yo‘q mutaxassisliklarni qisqartirish, kafedralarni birlashtirish mumkin. Universitet to‘liq dual taʼlim tizimiga o‘tadi. Fanlar kamida 30 foizga qisqaradi.
Oliygohdagi taʼlim Drezden texnika universiteti (Germaniya) va Sukuba universiteti (Yaponiya) dasturlariga moslashtiriladi.
Universitetda dekanatlarni talabalarga xizmat ko‘rsatish funksiyalari to‘liq raqamlashadi. Xorijdagi kabi “Registrator ofisi” tashkil qilinadi.
Yoki, Toshkent kimyo texnologiyalari institutida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarini maqbullashtirib, 8 ta yangi yo‘nalish va mutaxassislik kiritish mumkin.
Har yili iqtisod bo‘ladigan mablag‘ institutni moddiy-texnika bazasini kuchaytirishga sarflanadi.
Izoh (0)