Aktyor Kris Hemsvort ko‘p yillardan beri qattiq rejimga amal qilib keladi, deb xabar bermoqda “Sports.kz”.
![](/static/2024/06/06/photo_2024-06-06_15-23-45-TsmImz13.jpg)
Ko‘pchilik Kris Hemsvortni faqat dunyoni qutqarish haqidagi rollari bilan bog‘laydi. Bunday filmlarda suratga tushish uchun yulduz sport zalida soatlab vaqt o‘tkazishi, shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga amal qilishi kerak. Aktyorning shaxsiy murabbiyi Lyuk Zokki Kris Hemsvort kun davomida nimalar iste’mol qilishini aytib berdi.
Kris odatda kuniga uch marta ovqatlanadi. Har bir taom oqsillarga boy bo‘lishi muhimdir. Suratga olish paytida u odatda 16/8 jadvaliga ko‘ra, interval ochlik asosida ovqatlanadi.
— Bu vaqtda uning ertalabki taomi tushlikka yaqinroq bo‘ladi, — deydi Zokki.
Kris Hemsvortning kunlik menyusi:
Nonushta: xurmo, muzlatilgan banan, bodom yog‘i, muz bo‘laklari, kokos suti va protein.
Tushlik: oq guruch va sabzavotlar bilan tovuq go‘shti.
Kechki ovqat: non, avokado, ismaloq va ikki bo‘lak tovuqli kolbasa bilan uchta qovurilgan tuxum.
Kris hatto qattiq dietada bo‘lsa ham, bir bo‘lak qora shokolad yoki burgerdan lazzatlanishdan bosh tortmaydi. Aktyor rejim davrida motivatsiyani saqlab qolish uchun o‘ziga juda qattiq cheklovlar qo‘ymaydi.