“Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirning 24 karra chempioni Novak Jokovich o‘ng tizzasidan jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi.
SportKlub nashri xabariga ko‘ra, sportchining tuzalishi uchun kamida 3 hafta vaqt kerak.
Jokovich “Uimbldon” turnirini o‘tkazib yuboradi. Lekin Olimpiadaga qadar o‘zini tiklashga ulguradi.
Novak “Rolan Garros” turnirida Fransisko Serundologa qarshi bahsda jarohat oldi.
Serbiyalik tennischi aprel oyida tarixdagi eng keksa ATP reytingi yetakchisiga aylangan edi. Jokovich ilk bor 2011-yilgi mavsumda 24 yoshida ATP reytingida birinchi o‘rinni egallagan edi. Hammasi bo‘lib, u 24 ta “Katta dubulg‘a” va 40 ta “Masters” turnirlari g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)