O‘zbekiston Energetika vazirligi 2024-yil 1-iyundan 1-avgustgacha bir kub metr metan gazning eng baland narxi 3750 so‘m qilib belgilanayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 25-may kuni Vazirlar Mahkamasining metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddatini uzaytirish ko‘zda tutilgan qarori qabul qilingan.
Unga ko‘ra, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda 2023-yil 15-sentyabrdagi 475-sonli qaror 7-bandiga asosan kiritilgan uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-avgustgacha bir kub metr uchun 3750 so‘m qilib belgilanmoqda.
Yaʼni 1-iyundan eʼtiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida ayrim o‘zgartishlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 2024-yil 1-aprelgacha 3250 so‘m, 2024-yil 1-iyungacha esa 3350 so‘m edi).
Izoh (0)