Daryo

Metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddati uzaytiriladi

1-apreldan eʼtiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana 2 oy davomida juzʼiy o‘zgartishlar bilan amal qiladi

1 daqiqa o‘qish65 760 ko‘rishlar0 izoh0

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddati uzaytirilyapti. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlum qilinishicha, endilikda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-iyungacha bir kub metr uchun 3 350 so‘m qilib belgilanmoqda.

Yaʼni 1-apreldan eʼtiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida juzʼiy o‘zgartishlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 3 250 so‘m edi).

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar