Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Rossiyaga amaliy tashrifi davomida Sverdlovsk viloyatidagi Banter Grupp kompaniyasining ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tuzilmasi — “Obyedinennaya Neftegazovaya Gruppa” korxonasida bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kompaniya rahbari Nikolay Kovalev O‘zbekiston bozori bilan yaxshi tanish ekanini qayd etib, Farg‘onada yangi qo‘shma investitsion loyihani amalga oshirish va mamlakatimiz soha korxonalari uchun uskunalarni ishlab chiqarishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Mazkur taklif doirasida qisqa muddatda tegishli o‘rganish ishlarini olib borish va loyiha bo‘yicha batafsil muzokaralar o‘tkazish uchun Banter Grupp kompaniyasi rahbarlarining Farg‘onaga tashrifini tashkil etishga kelishildi.
Izoh (0)