Kamaru Usmon Oleksandr Usik va Frensis Ngannu o‘rtasidagi jangni ko‘rish niyatida ekanini aytib o‘tdi.
![](/static/2024/05/21/gettyimages-2147878186-2048x2048-__6LISNB.jpg)
“Bu aqlbovar jang ekanligini bilaman, lekin men Usikning Frensis Ngannu kabi yigit bilan jang qilishini ko‘rishni istardim, chunki Oleksandr boshqa hammani mag‘lub etib bo‘ldi.
Ha, u boshqa ko‘plab bokschilarni mag‘lub etdi, lekin Frensis eng kuchli zarba egalaridan. Men Oleksandr Ngannudek raqibni qanday mag‘lub etishga harakat qilishini ko‘rishni istayman”, — deydi Kamaru Usmon.
- 37 yoshli Kamaru Usmon 2023-yil oktyabrida bo‘lib o‘tgan o‘zining so‘nggi janggida Hamzat Chimayevga mag‘lub bo‘lgan.
- Oleksandr Usik 12 raund davom etgan o‘zining so‘nggi jangida Tayson Fyurini ochkolar hisobida yengib, og‘ir vazn toifasida mutlaq chempion unvonini qo‘lga kiritdi.
- Frensis Ngannu og‘ir vazn toifasida britaniyalik bokschi Entoni Joshuaga qarshi 8-mart kuni Saudiya Arabistonida ringga ko‘tarildi. 10 raund davom etishi kerak bo‘lgan jang 2-raunddayoq muddatidan oldin yakunlandi. Unda Entoni Joshua Ngannuni nokautga uchratdi. Sportchi hozirda PFL* bilan shartnoma imzolagan. PFL (Professional Fighters League) — Professional jangchilar ligasi. Aralash yakkakurashlar bo‘yicha turnirlarni tashkil qiluvchi AQSH tashkiloti. 2012-yilda World Series of Fighting nomi ostida tashkil etilgan, 2017-yilda Professional jangchilar ligasi (PFL) sifatida faoliyatini qayta boshlagan. Tashkilot birinchi musobaqani 2018-yilda Nevada shtati, Las-Vegas shahrida o‘tkazgan.
Izoh (0)