Toshkent shahridagi zavodlardan birida Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan noqonuniy muomaladan olingan tamaki mahsulotlarini yo‘q qilish tadbiri o‘tkazildi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etgan jarayonda 172 392 quti sigaretalar maxsus pechlarda yoqib yuborildi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur tamaki mahsulotlaridan 154 320 qutisi bitta huquqbuzarlik holatida aniqlangan. Bunda ikki fuqaro O‘zbekiston hududiga noqonuniy yo‘lar bilan olib o‘tilgan 2 milliard so‘mlik 32 nomdagi xorijda ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlarini yashash xonadonida saqlab kelgan.
Ularga 2024-yil 23-fevraldagi sud hukmi bilan Jinoyat kodeksining 1861-moddasi 3-qismi “a” bandiga asosan (tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 4 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Tamaki mahsulotlarini yoqish tadbiri doirasida ishtirokchilar uchun matbuot anjumani tashkil qilindi.
Muloqotda aytilishicha, 2023-yilda respublikada aniqlangan 291 ta holatda qiymati 92,2 milliard so‘mlik 5,7 million quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.
Joriy yil boshidan beri esa 196 ta holatda qiymati 17,7 milliard so‘mlik salkam 800 ming quti tamaki mahsulotlari noqonuniy aylanmasining oldi olingan.
Sheriklik huquqi asosida.
Izoh (0)