Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi FIFA kunlarida o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.
Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Timur Kapadze shogirdlari Maliga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bahslar 7 va 10-iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida 2-o‘rinni egallab, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Olimpiya terma jamoasi finalda Yaponiyaga imkoniyatni boy bergandi.
O‘rtoqlik o‘yini
7, 10-iyun
Izoh (0)