Toshkent shahri va Toshkent viloyatida haydovchilik guvohnomalarini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda B.O. ismli shaxs fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida hech qanday imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1,2 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa M.A. ismli shaxs fuqaro E.M.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Fevral oxirlarida O‘zbekistonning to‘rtta hududida haydovchilik guvohnomalarini olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)