• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Top universitetlarga fidoyi olimlar kerak” — 32 yoshida dunyoning top o‘ntaligidan joy olgan professor Aziza Shanazarova bilan suhbat

    Aziza Shanazarova AQSHning yetakchi universitetlarida doktorantura va postdoktoranturalarni tamomlab, 32 yoshida dunyoning top o‘ntaligidan joy olgan Columbia universitetida professorlik darajasiga erishgan. U bolaligi, ilmdagi qadriyatlar, vatandan olisdagi ilk mashaqqatlari bilan bog‘liq xotiralarini Uzbekistanʼs Club bilan bo‘lishdi.

    Lanka tepishdan qo‘lyozmalar olami sari

    Oilada uchinchi qiz bo‘lganligim uchun odatda qizlarga qo‘yiladigan taqiqlar menga begona edi. Juda erkin o‘sganman. Ko‘chada qizlardan ko‘ra o‘g‘il bolalardan do‘stlarim ko‘p edi. Velosiped-u rolik, yong‘oq, pichoq, va otvyortkagacha bolalar bilan o‘ynardik. Lanka tepishda o‘g‘il bolalardan ham qolishmasdim. Haligacha lanka o‘ynab turaman.

    Arab va fors tillariga bo‘lgan qiziqish meni Sharqshunoslik institutiga yetakladi. 2003 – 2008 yillarda u yerda bakalavriat va magistraturani o‘qidim.

    To‘rtinchi bosqichda Fanlar Akademiyasi qoshidagi Sharqshunoslik institutida o‘tkazilgan anjumanda “Bedil Temuriyzoda bo‘lganmi?” maʼruzasi bilan qatnashganimda kichik ilmiy xodimlikka ishga taklif qilishdi-yu qadimgi qo‘lyozmalar olamiga sho‘ng‘idim. 14 ming so‘m oyligim hatto yo‘l kiramni ham qoplamasa-da (oylik yo‘l chiptasi 18 ming atrofida edi), mendan baxtliroq inson yo‘q edi. Chunki kitob o‘qiganim uchun pul to‘lanadigan ish topgandim.

    AQSHda dastlab magistraturani va ikkita doktoranturani tugatdim. Ilk kezlari qo‘limda o‘n oylik chaqaloq bilan ham oila, ham o‘qishni birdek olib borish mushkul edi. Dastlabki besh yil aqalli bir kun dam olganimni eslay olmayman. Tonggacha dars tayyorlar, o‘qish pulini to‘lash uchun professor yordamchisi bo‘lib ham ishlardim. Shunga qaramay, magistratura va doktoranturani faqat aʼlo baho bilan tugatganman.

    “Kondoliza Rays bilan yonma-yon auditoriyada maʼruza o‘qiganman”

    Doktorlik dissertatsiyam Stanford universitetida yozilgan. O‘sha vaqtda meni maʼruzachi qilib tayinlashdi. Qizig‘i, men maʼruza o‘qiydigan auditoriyaning yonginasida AQSHning 66-davlat kotibi Kondoliza Rays ham dars o‘tardi.

    Doktoranturani Pittsburgh va Oxford universitetlariga postdoktoranturaga taklif bilan bitirdim. Postdoktoranturalarni tamomlagach, 32 yoshimda dunyoning top o‘ntaligiga kiradigan Columbia Universityʼdagi ilk o‘zbekistonlik professor bo‘ldim.

    Chet elda birov siz haqingizda zig‘ircha qayg‘urmaydi. Inson hammasiga faqat o‘z kuch va mahorati bilan erisha oladi. Tabiatan intizomli va masʼuliyatli bo‘lganim uchun yangi muhitga moslashish oson kechgan.

    O‘zbekistonda velosipedni qayta kashf qilishni yaxshi ko‘rishadi

    Biz, o‘zbekistonliklar, eng yuksak madaniyatlardan biriga asos solgan ajdodlar naslimiz. Genofondimiz juda kuchli. Salohiyatimizni munosib baholab, to‘g‘ri yo‘naltirsak, marra bizniki. Albatta, har bir yutuq ortida yillab mehnat turadi.

    Avvalo ilmga muhabbat va fidokorlik kerak. Mutaxassis sifatida shakllanish uchun o‘rtacha 10-15 yil ketadi. Ilmda oson yo‘l yo‘q. Afsuski, O‘zbekistonda yengil yo‘llarni yaxshi ko‘rishadi, velosipedni qayta-qayta kashf qilaveramiz. Ilmda innovatsiya bo‘lmasa, jahon miqyosidagi natija amri mahol.

    Hammasi sifatli taʼlimdan boshlanadi. Bunda kuchli pedagoglarning o‘rni beqiyos. Ilmda qo‘l urilmagan mavzularni tanlashni maslahat bergan bo‘lardim. Ko‘pchilik o‘rganmagan mavzu ko‘proq vaqt olsa ham, yangilik qilish imkoniyati yuqoriroq. Shuningdek, har bir sohaning nufuzli nashriyotlarida ilmiy maqola va monografiyalar chop etishni tavsiya qilaman. Mehnatingiz dunyo darajasida tan olinsagina, nufuzli universitetlarda dars berish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

    Ona tilini ona yurtda o‘rganayotgan farzandlar

    15 yildirki, O‘zbekistonda muqim yashamasam-da, oilam va ota-onam tufayli Toshkentga tez-tez borib turaman. Onam pishirgan taomlar, tandirdan uzilgan non, Chig‘atoy qaymog‘i, suv sepilgan yerning hidi – bularning bari vatanni eslatadi. O‘zbekiston tuprog‘iga qadam qo‘yishim bilan vatanim taftini sezaman.

    Hatto farzandlarim o‘zbek tilini, o‘z milliyatini yaxshi o‘rganishi uchun ularning o‘qishini Toshkentga ko‘chirdik. Xullas, bir oyog‘im Nyu-Yorkda, bir oyog‘im Toshkentda.

    Pedagog-olim sifatida O‘zbekistonda taʼlim va ilm sohasidagi o‘zgarishlardan xursandman. Muallimlarning eʼzozdaligi, qonun bilan himoyalanishi va sifatli taʼlim davlatning ustuvor vazifasi etib belgilanganligi quvonarli hol. Ayniqsa, maktab tizimining tubdan yangilanayotganligi o‘ta muhim islohot. Hozir o‘qiyman degan bola uchun yetarlicha sharoit borligiga shaxsan amin bo‘ldim. Bu yangi ixtisoslashgan maktablar Amerika taʼlim muassasalari bilan bemalol raqobat qila olishiga ishonchim komil.

    Saidaziz Aʼzamov suhbatlashdi

    25.04.2024, 13:21   Izoh (0)   14175
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uzbekistan’s club jamoasi AQSH va Kanadada suratga olish ishlari uchun ko‘ngillilar qidirmoqda

    28.10.2023, 17:00

    Uzbekistanʼs Club martdan Amerika mavsumini boshladi

    01.03.2024, 18:56

    Uzbekistan’s club jurnalining 2-sonida o‘zbekistonliklar obrazi orqali eng aktual trendlar haqida so‘z yuritiladi

    22.04.2024, 13:18

    O‘g‘rilik qilib 17 yoshida ozodlikdan mahrum etilgan mahkum nadomatlari (foto, video)

    25.04.2024, 13:10

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-maydan nimalar o‘zgaradi?

    25.04.2024, 12:55

    Markaziy bank O‘zbekistonda asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirdi

    25.04.2024, 12:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kechqurun tomosha qilish uchun: horror janridagi 5 ta eng qiziqarli koreys filmi

    Kino | 25 avgust, 14:15

    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?

    Reklama | 25 avgust, 13:30

    O‘zbekistonda Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 14:02

    Ukraina Donetskdagi uchta qishloqni Rossiya harbiylaridan “tozaladi”

    Dunyo | 25 avgust, 13:35

    “Real” Rodrigo bo‘yicha APLning 3 ta klubidan taklif kutmoqda

    Sport | 25 avgust, 13:25

    Qozog‘istonda suvni tejaydigan guruch navi yaratildi

    Qozog‘iston | 25 avgust, 13:00

    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi

    Reklama | 25 avgust, 12:00

    “Hibsga olinishim fransuz politsiyasining xatosi bo‘lgan” — Pavel Durov

    Dunyo | 25 avgust, 12:40

    “Baʼzi direktorlar norozi bo‘ldi, ammo javobgarlikni zimmaga oldim” — Surxondaryo hokimi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 12:30

    O‘zbekiston eksport qilgan 21 tonna qovun Qirg‘izistonga kiritilmadi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 12:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.