Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak finalida Eron va Qirg‘iziston terma jamoalari 24-aprel, chorshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuv Eronning 6:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa Eron yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 2-jamoaga aylandi.
Avvalroq Tojikiston Afg‘onistonni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, forslar ketma-ket 9-marta jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Qayd etib o‘tish joiz, Eron O‘zbekiston—Vyetnam juftligi g‘olibi bilan yarim finalda to‘qnash keladi.
O‘zbekistonning Vyetnamga qarshi o‘yini bugun 19:00 da start oladi.
Futzal. Osiyo Kubogi
Chorak final bahsi
24-aprel, chorshanba
Eron – Qirg‘iziston 6:1
Gollar: Azimi 7, Og‘apur 9, Ahmadabbosi 23, Karimi 25, 35, Hassanzoda 36 (penalti) — Amanbayev 8.
Izoh (0)