AQSh Moliya vazirligi Iordaniya G‘arbiy sohilidagi vaziyat bilan bog‘liq holat tufayli Isroil fuqarosi va ikki Isroil tashkilotiga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Amerika moliya departamenti xabar berdi.
Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden Iordaniya G‘arbiy sohilidagi zo‘ravonlik harakatlariga aloqador Isroil fuqarolariga qarshi sanksiyalar joriy etishga ruxsat beruvchi farmonni imzolagan edi.
Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi AQSHdagi aktivlarni muzlatib qo‘yish va Amerika fuqarolari hamda kompaniyalariga aloqador shaxslar bilan biznes yuritishni taqiqlashni nazarda tutadi.
Izoh (0)