Harri Keynning uch nafar farzandi avtohalokatga uchragach, ehtiyot chorasi sifatida shifoxonaga yetkazilgan.
Ushbu hodisa “Bavariya”ning Chempionlar Ligasi doirasida “Arsenal”ga qarshi o‘yini uchun Londonga uchib ketgan kuni sodir bo‘lgan.
Germaniyaning Bild nashri xabariga ko‘ra, Renault haydovchisi burilayotgan Mercedes Vito furgoni bilan to‘qnashib ketgan.
Keynning to‘rt nafar farzandidan uchtasi — uch yoshli Lui, besh yoshdagi Vivien va yetti yoshli Ayvi mashinada bo‘lgan, baxtsiz hodisa natijada ular kasalxonaga yuborilgan.
Bolalarning hech biri jiddiy jarohat olmagan. Mirror Football nashri ular kasalxonaga tekshiruvdan o‘tish uchun olib kelinganini ma’lum qilgan. Keynning rafiqasi Keti va yetti oylik kenja farzandi o‘sha paytda mashinada bo‘lmagan.
Izoh (0)