O‘zbekistonga 2024-yilning yanvar—fevral oylarida 16 ta xorijiy davlatdan qiymati 58,5 mln dollarga teng bo‘lgan 5 058 ta yuk avtomobillari import qilingan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Yuk avtomobillari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 39 taga kamaygan.
O‘zbekistonga 2 oyda
- Xitoydan — 4 420 ta;
- Koreyadan — 503 ta;
- Rossiyadan — 46 ta;
- Polshadan — 38 ta;
- Germaniyadan — 12 ta yuk avtomobili import qilingan.
Avvalroq, O‘zbekistonga 2 oyda qancha yengil avtomobil import qilingani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, O‘zbekistonda 2024-yilning o‘tgan ikki oyida qanday avtomobil eng ko‘p ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda fevral oyida avtomobil bozorida faollikning sezilarli pasayishiga qaramay, yangi yengil avtomobillar segmentida yil davomida sotuvlar 8,4 foizga oshgani aytilgandi.
Izoh (0)