O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belarus prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirning Telegram kanalida maʼlum qilindi.
Xabarga ko‘ra, Minskda o‘tkazilgan uchrashuvda vazir Belarus yetakchisiga Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomini yetkazgan.
Do‘stlik va o‘zaro hurmatga asoslangan hamkorligimiz kun tartibining barcha jabhalarida jadal rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirliklari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgandi. Muzokaralar yakunida 2024—2025-yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi imzolangandi.
Izoh (0)