Shavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni Rossiya Federal majlisi federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qilib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbari uni samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat davomida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishga ikki mamlakat parlamentlari faol hissa qo‘shayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Muloqot yakunida parlamentlararo hamkorlikni, shu jumladan, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida yanada rivojlantirish muhim ekani ta’kidlandi.
Izoh (0)