Futbol bo‘yicha Bundesliganing 28-turi doirasidan o‘rin olgan uchrashuvlar 6-aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Bundesliga 28-turi doirasida “Bayer” navbatdagi marta irodali g‘alabaga erishdi. Birinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqada Virtsning penaltidan urgan goli uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi. Shu tariqa Alonso shogirdlari o‘z hisobidagi ochkolarini 76taga yetkazib olishdi.
Myunhenning “Bavariya” klubi “Haydenhaym” mehmoni bo‘ldi. Avvaliga Keyn va Gnabrining gollari evaziga oldinga o‘tib olgan mehmonlar yakunda uchta gol o‘tkazib yubordi. Mezbonlar futbolchisi Mezza va Klyayndinst 2 daqiqada ikki gol muallifiga aylandi. Uchrashuvning 79-daqiqasida Klyayndinst o‘z hisobiga navbatdagi golni yozdirib qo‘ydi va jamoasi uchun muhim uch ochkoni olib keldi.
Shu tariqa Tuxel jamoasi birinchi o‘rindagi “Bayer” dan 16 ochkoga ortda qolib, chempionlik bahsidan deyarli chiqib ketdi. “Bayer”ni chempionlikdan faqatgina bir g‘alaba ajratib turibdi.
Bundesliga
28-tur bahsi
6-aprel, shanba
“Haydenhaym” – “Bavariya” 3:2
Gollar: 0:1 – Keyn (38), 0:2 – Gnabri (45), 1:2 – Zessa (50), 2:2 – Klyayndinst (51), 3:2 – Klyayndinst (79).
“Haydenhaym”: Myuller, Traore, Maynka, Gimber, Ferenbax (Bush, 46), Melouni, Beste (Tomalla, 76), Bek (Piringer, 46), Sheppner (Zessa, 46), Klyayndinst, Dinkchi.
“Bavariya”: Ulrayx, Upamekano, Kim Min Chje, Devis, Goretska (Saragosa, 83), Laymer, Kimmix, Myuller (Gerreyru, 84), Musiala (Shupo-Moting, 76), Keyn, Gnabri (Tel, 67).
“Yunion” – “Bayer” 0:1
Gol: 0:1 – 45+8, penalti Virts.
“Yunion”: Rennov, Trimmel (Yuranovich, 63), Fogt, Diogu Leyte, Duki, Gozens, Xedira (Laiduni, 62), Tuzar, Shafer (Kral, 63), Aaronson (Xollerbax, 79), Vertessen (Kaufmann, 46).
“Bayer”: Gradetski, Ta, Kossunu, Inkapie, Grimaldo, Tella (Frimpong, 79), Jaka, Andrix, Virts, Iglesias (Bonifase, 67), Glojek (Adli, 33).
Chetlatish: Gozens (45+3).
Izoh (0)