Futbol bo‘yicha Germaniya Kubogining yarim finalida “Bayer” 3-aprel, chorshanba kuni “Fortuna”ga qarshi bahs olib bordi.
![](/static/2024/04/04/gettyimages-2128598668-1024x1024-43QonaJX.jpg)
Uchrashuvning 7-daqiqasida Frimpong hisobni ochdi. 20-daqiqada Adli leverkuzenliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 35-daqiqada Virts hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Ikkinchi bo‘limda “Bayer” yana bir bor darvozani ishg‘ol qildi. 60-daqiqada Virts penaltidan unumli foydalandi. Shu tariqa “Bayer” 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
Finalda Xabi Alonso shogirdlari “Kayzerslautern”ga qarshi bahs olib boradi.
Germaniya Kubogi
1/2 final
3-aprel, chorshanba
“Bayer” — “Fortuna” 4:0
Gollar: 1:0 – 7 Frimpong, 2:0 – 20 Adli, 3:0 – 35 Virts, 4:0 – 60 Virts (penalti).
“Bayer”: Kovarj, Frimpong, Ta, Tapsoba, Stanishich, Grimaldo (Inkapie, 71), Jaka (Kossunu, 78), Andrix, Virts (Hofmann, 65), Adli (Tella, 65), Shik (Bonifase, 66).
“Fortuna”: Kastenmayer, Simmermann, Hoffmann (Kuarshi, 46), Zibert, Oberdorf, Youhannesson, Engelhardt, Klaus (Zobottka, 46), Iyoa (Yastshembski, 76), Solis, Mustafa (Nemes, 65).
Ogohlantirish: Solis (37).
Izoh (0)