Saudiya Arabistonida 12—21-aprel kunlari qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham asosiy tarkib bilan qatnashadi. Bu haqida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Tarkibda Fernanda Errera, Gulistan Perdibayeva, Dilnaz Murzatayeva kabi Xanchjou—2022 Osiyo o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlarini uchratish mumkin.
Qayd etish joiz, ushbu musobaqa yakuniga ko‘ra murabbiylar shtabi 27—28-aprel kunlari BAAda o‘tadigan Parij—2024 litsenzion turnirida ishtirok etadigan qilichbozlar nomini maʼlum qiladi. Dunyo birinchiliga yo‘l oladigan tarkibga jami 28 nafar sportchi kiritilgan.
Izoh (0)