Amnesty International tashkiloti “Tolibon” tomonidan qizlarga nisbatan yuritilayotgan siyosatni keskin qoralab chiqdi. Bu haqda Hasht-e Subh nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Xalqaro amnistiya tashkiloti “Tolibon” harakatining afg‘on qizlariga nisbatan siyosatini “shafqatsiz” deb atagan. Bunday siyosat tezda tugatilishi kerakligini bildirgan.
Ushbu tashkilot 4-aprel kuni yozgan hisobotida Afg‘oniston “Tolibon” nazorati o‘rnatilgandan keyin vayron bo‘layotgani aytiladi. “Tolibon” rejimining oxirgi ikki yil davomida inson huquqlari, ayniqsa ayollar huquqlarini poymol qilgani taʼkidlanadi.
Tashkilot qayd etishicha, “Tolibon” harakati tizimli ravishda baʼzi muhim inson huquqlari institutlarini yopib qo‘ygan. Afg‘on ayollari va qizlarini asosiy huquqlaridan mahrum qilgan.
Hisobotda Afg‘onistonda jurnalistlar, huquq faollari va himoyachilar, sanʼatkorlar, diniy va etnik ozchiliklar xavf ostida ekani aytiladi.
Amnesty International tashkiloti “Tolibon” rejimidan qotilliklar, etnik va diniy ozchiliklar, ayollar va qizlarga hujumlar kabi inson huquqlari buzilishiga chek qo‘yishni so‘ragan.
Qizlar uchun maktab va universitetlarni zudlik bilan qayta ochish ushbu xalqaro tashkilotning “Tolibon” harakatidan so‘ragan muhim talablaridan biridir. Afg‘onistonda “Tolibon” tomonidan inson huquqlari poymol etilishining global tanqidiga qaramay, harakat yetakchilari uni qayta-qayta rad etgan.
Izoh (0)