Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 11,48 so‘mga tushib, 12 633,52 so‘m bo‘ldi. Yevro 67,97 so‘mga pastlab, 13 570,93 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,33 so‘mga tushib, 136,66 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket to‘rt kun ko‘tarilib, 12 645 so‘m bo‘lgandi. Tijorat banklarida dollar kursi 2-aprel kuni 12 700 so‘mdan oshdi.
Izoh (0)