O‘zbekistonda o‘tgan ikki oyda 3 502 ta elektromobil import qilingani ma’lum bo‘ldi.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar–fevral oylarida xorijdan qiymati 85,7 million AQSH dollariga 3 502 ta elektromobil import qilgan.
Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2663 taga yoki 4 barobarga oshgan. O‘zbekiston 2 oyda 7 ta xorijiy davlatdan elektromobil import qilgan.
Qayd etilishicha, 2 oyda O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:
- Xitoy — 3 479 ta;
- BAA — 8 ta;
- Gonkong — 5 ta.
O‘zbekistonga 2023-yil yanvar-oktyabr oylarida xorijning 19 ta davlatidan 22 492 ta elektromobil olib kelingan. lib kelingan elektromobillarning umumiy qiymati 582,3 million dollarni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan import hajmi 6 barobardan yuqori o‘sgan. 2023-yilning yanvar—mart oylarida 1 668 dona elektromobil import qilingan.
Izoh (0)