“Toshkent shahar suv ta’minoti” poytaxtda sovuq suv jadval bo‘yicha vaqtincha o‘chirilishini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2024-yil bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ichimlik suvi bosimi pasaytiriladi yoki vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyida havolalarda ichimlik suvi to‘xtatiladigan manzillar va o‘chish vaqti keltirildi:
- Mirzo Ulug‘bek tumani
- Uchtepa tumani
- Yakkasaroy tumani
- Shayxontohur tumani
- Yashnobod tumani
- Olmazor tumani
- Chilonzor tumani
- Sergeli tumani
- Yangihayot tumani
- Mirobod tumani
- Yunusobod tumani
Suvsiz qolgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.
Izoh (0)