Britaniya qurolli kuchlari bir nechta pulemyotlar, avtomatlar, raketalar va minglab o‘q-dorilarni yo‘qotdi, deb yozadi The Telegraph.
“Yo‘qotishlar qatoriga deaktivizatsiya qilingan Rossiya raketasi, sakkiztagacha SA-80 qurollari va bir nechta Glock to‘pponchalari kiradi”, — deyiladi nashrda.
Umuman olganda, 2018-yildan beri harbiy bazalardan kamida 30 ta qurol o‘g‘irlangan. Bundan tashqari, so‘nggi to‘rt yil ichida Mudofaa vazirligidan kamida 1400 ta noutbuk va 300 ga yaqin maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan fleshkalar g‘oyib bo‘ldi, deyiladi maqolada.
Parlament a’zosi Sara Olnining aytishicha, sodir bo‘lgan voqea britaniyaliklarning shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi bo‘yicha xavotiriga sabab bo‘ladi.
Politsiya tergov boshlagan bo‘lsa-da, hozircha yo‘qolgan qurollarning hech biri topilmadi.
Izoh (0)