Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan 29-mart, juma kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” tadbiri o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bu prezidentning “O‘zbekiston – 2030 strategiyasini Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq amalga oshiriladi.
“Avtomobilsiz kun”ni o‘tkazishdan asosiy maqsad – sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratish.
“Ekologiya vazirligi barchani ”Avtomobilsiz kun”ga befarq bo‘lmaslikka, shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga chaqiradi”, – deyiladi xabarda.
Izoh (0)