O‘zbekistonda 2023-yilda korrupsiyaga oid jinoyat ishlari o‘tgan yilgiga nisbatan 11 foizga kamaygani ma’lum qilindi.
Keltirilishicha, o‘tgan yili Respublika bo‘yicha jami 6 535 nafar shaxs (2022-yilda 7 414 nafar) korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, 2022-yilga nisbatan javobgarlikka tortilganlar soni 879 nafarga yoki 12 foizga kamaygan.
Javobgarlikka tortilgan 6 535 nafar shaxsning 1 076 (1482) nafari yoki 16,4 foizi (20 foizi) ozodlikdan mahrum etilgan. Eng ko‘p sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar:
- o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish — 2 067 (2 145);
- pora berish — 894 (1 061);
- firibgarlik — 769 (937);
- pora olish — 121 (155);
- hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish — 125 (117) hisoblanadi.
Shuningdek, 2023-yilda korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslar soni Andijon 971(913), Sirdaryo 472(459), Surxondaryo 332 (302) viloyatlarida oshgan.
Izoh (0)