• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    BYD iste’molchilarning huquq va manfaatlari himoyasi uchun!

    2024-yilning 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi investitsiya shartnomasini tasdiqlash haqida” PQ-132-sonli qarori imzolandi.

    Bu xabar O‘zbekiston avtomobil ixlosmandlari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu qaror bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha BYD (Xitoy) vakili Ivan Cao tegishli mavzularda bir nechta ommaviy axborot vositalariga intervyu bergan va quyida intervyu matni keltirildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi qarori BYD kompaniyasining yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillarni ishlab chiqarishni sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlashini aks ettiradi. Yaqin kelajakda BYDning rejalari qanday?

    2023 yilning 16 mart oyida BYD loyihasi O‘zbekistonda rasman ishga tushirilgan b‘lib bunga roppa-rosa bir yil bo‘ldi. O‘tgan yil davomida BYD mahalliy savdo va xizmat ko‘rsatish markazlarini rivojlantirishni ilgari surdi va hukumat bilan kelishilgan investitsiyaviy va ishlab chiqarish rejalarini amalga oshirishni boshladi. Bugungi kunga qadar biz O‘zbekistonda 15 ta avtosalon qurdi, misol tariqasida aytadigan bo‘lsak, avtomobil xarid qilish yoki unga xizmat ko‘rsatish uchun shahar ichida 20 daqiqalik yo‘l kifoya qiladi xolos. Bu yil bizning dilerlik markazlarimizni O‘zbekistonning barcha hududlarda ochilishini rejalashtirganmiz, biz har bir isteʼmolchiga BYD avtomobillarini sotib olish va avtomobilga xizmat ko‘rsatishdan foydalanishda qulay imkoniyatlarni taqdim etishni maqsad qilganmiz.

    Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi chog‘ida Jizzax viloyatida ishlab chiqarish loyihamizning rasman ishga tushirish marosimi o‘tqazildi va hozirda ishlab chiqarish liniyasida yakuniy o‘rnatish va sozlash ishlari olib borilmoqda. Rejaga ko‘ra, joriy yilning uchinchi choragida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi energiya manbalari yordamida harakatlanuvchi avtomobillarni ommaviy yetkazib berishni boshlaymiz. Hamkorlarimiz bilan birgalikda o‘zbekistonlik isteʼmolchilarga eng yaxshi va ishonchli avtomobillarni yetkazib berishni taʼminlash maqsadida eng so‘nggi rusumli ishlab chiqarish qurilmalariga va zamonaviy ishlab chiqarish uskunalariga katta miqdorda sarmoya kiritdik.

    Birinchi bosqichda, zavodning ishlab chiqarish quvvati 50 000 donaga mo‘ljallangan bo‘lib bunda 3 modeldagi avtomobillar ishlab chiqariladi, kelgusida bozor talabidan kelib chiqib mahalliy ishlab chiqarish quvvatlarimizni kengaytirishda davom etamiz. Bu yil biz rasmiy sotuvlar uchun modellar sonini 10 tagacha oshiramiz, bu esa isteʼmolchilar tanlovini sezilarli darajada kengaytiradi. Shu bilan birga, isteʼmolchilarning kutish vaqtlarini qisqartirish maqsadida barcha modellarni yetkazib berish hajmini kengaytiramiz. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va BYDning yuqori rahbariyati tomonidan ilgari surilgan uzoq muddatli rivojlanish rejasini amalga oshirishni davom ettiramiz va mahalliy talab va shartlarga muvofiq eng yaxshi mahsulotlarni yetkazib berish uchun ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich mahalliylashtiramiz. Ko‘proq isteʼmolchilarga yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillarni qulay narxda tanlash imkoniyatini beramiz.

    Taʼkidlash lozimki, Prezident qarorida Investor hukumatga mahalliy iqlim va yo‘l sharoitlariga mos kelmaydigan, shuningdek, rasmiy kafolatga ega bo‘lmagan elektromobillarning tartibsiz importini cheklash to‘g‘risida murojaat qilgan. Buning zamirida qanday mulohazalar yotadi?

    BYD har doim mijozlarga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish tajribasiga sodiq bo‘lib keladi. Hozirgi kunda O‘zbekiston bozorida norasmiy kanallar orqali import qilingan ko‘plab BYD markali avtomobillar mavjud. Ushbu avtomobillar sotish jarayonida mahalliy iqlim va atrof-muhitga muvofiqligi tekshirilmagan. Avtomobillar importi manbasining murakkabligi tufayli avtomobillar rasmiy eksport standartlariga javob beradigan holatda ekanligini tasdiqlashning iloji yo‘q.

    Ayni paytda bozorda iste’molchilarni aldash va chalg‘itish maqsadida noqonuniy ravishda ko‘plab o‘zini rasmiy diler deb tanishtirayotgan va BYD tovar belgilarini reklama uchun ishlatayotganlar mavjud, bu BYD brendi obro‘siga katta tasir ko‘rsatdi. Norasmiy kanallar orqali olib kelingan baʼzi avtomobillar, hatto rasmiy moslashtirilgan avtomobillar bilan bir xil funksionallikka erishish uchun qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlarni amalga oshirmoqdalar, natijada ular avtomobillarni normal ishlatish imkoniyatini yo‘qotadilar. Ushbu muammolar BYD avtomobillarini tanlagan isteʼmolchilar uchun juda ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi.

    Kafolat yo‘qligi va texnik xizmat ko‘rsatishning professional emasligi sababli, ushbu avtomobillar isteʼmolchilar tomonidan uzoq muddat foydalanish uchun muayyan yashirin xavflarni ham keltirib chiqaradi, bu BYDning isteʼmolchilar uchun javobgar bo‘lish falsafasiga ziddir. BYD O‘zbekistonda uzoq muddatli rivojlanish rejasiga ega va kompaniya o‘z brendi obro‘sini saqlab qolishi va intellektual mulk huquqlarini himoya qilishi kerak. Shu bilan birga, sog‘lom rivojlanish uchun barcha mahalliy ishlab chiqarish va savdo hamkorlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishimiz kerak.

    Sifatli elektromobillarni xarid qilishda isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlariga kelsak, BYD o‘zining boshqa tajribasi bilan o‘rtoqlasha oladimi?

    Darhaqiqat, 2021-yilda mahalliy hukumat bilan hamkorlik qilishni boshlashimiz bilanoq, O‘zbekistonga Xitoyning yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtotransport vositalarini muvaffaqiyatli rivojlantirish tajribasidan saboq olishni tavsiya qila boshladik. Joriy yilning mart oyida Xitoyning yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarining ichki bozordagi ulushi 48,2% ga yetdi, ya’ni sotilgan har ikki avtomobildan biri yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositasidir. Xitoyning yangi energiya manbalarida harakatlanuvcha transport vositalari ham 2023-yilda 7,88 million donaga yetadi, bu dunyodagi yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarining 60% ni tashkil qiladi.

    Xitoyning yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillari sanoati texnik standartlar, qo‘llab-quvvatlash siyosati bo‘yicha tizim qurilishida ko‘plab tajriba to‘pladi, bu esa O‘zbekistonga yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarini ishlab chiqish yo‘lida aylanma yo‘llardan qochishga yordam beradi. 2015-yil may oyida Xitoy Fan va texnologiya vazirligi “Moliya vazirligi, Fan va texnologiya vazirligi, Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi hamda Rivojlanish va islohotlar komissiyasining 2016—2020-yillarda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarini ilgari surish uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash siyosati” to‘g‘risidagi sirkulyarini chiqardi.

    Unda yangi elektr transport vositalarini ishlab chiqaruvchilardan isteʼmolchilarga quvvat akkumulyatorlari, dvigatellar, dvigatel kontrollerlari va boshqa energiya saqlash qurilmalari uchun sifat kafolatlarini, avtomobil ishlab chiqaruvchilardan esa kamida sakkiz yil yoki 120 000 kilometr masofani kafolatlashni talab qilingan (qaysi biri birinchi bo‘lsa). Majburiy kafolat standartlari har bir xitoylik isteʼmolchiga mahsulot muammolari haqida qayg‘urmaslik imkonini beradi.

    Biroq O‘zbekistonda iste’molchilarga 150 000 km ekvivalent quvvat blokiga rasmiy sakkiz yillik kafolat va 150 000 km ekvivalent masofaga ega avtomobilga olti yillik kafolatni taqdim etuvchi BYDdan tashqari, ko‘p sonli savdo kompaniyalari va jismoniy shaxslar tomonidan kafolat yo‘q yoki faqat qisqa kafolat muddatiga ega yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalari import qilinadi. Natijada butun avtomobil narxining taxminan 30 foizini tashkil etadigan akkumulyator bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda, iste’molchilar uni ta’mirlashga katta xarajat qiladilar. Shu bilan birga, butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqariladigan elektromobillar O‘zbekiston bozoriga hech qanday kafolatsiz olib kirilayotganligi sababli, oddiy iste’molchi elektromobilning texnik afzalliklarini yoki hatto uning holatini aniqlay olmaydi, bu esa yo‘l-transport hodisasi yuz berganda iste’molchiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin.

    BYD har doim “Xavfsizlik-elektr transport vositalarining eng katta ustunligi” ekanligini aytadi va bu xavfsizlik nafaqat texnologiyani tanlashda, balki transport vositalarining bozorga erkin kirib kelishining oldini olish uchun ishlab chiqarish va ta’minot kanallarini nazorat qilishda ham o‘z ifodasini topadi. Ushbu oqibatlar brendga nisbatan ishonchsizlikka va isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini yo‘qotilishiga olib keladi.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston iqlimi va infratuzilmasi Xitoynikiga o‘xshash, ammo bir xil emas: yozda yuqori harorat va so‘nggi yillarda qishda tez-tez sodir bo‘ladigan haddan tashqari past haroratlar, yo‘ldagi, yoqilg‘i va elektr energiyasi sifatidagi farqlar, shuningdek, foydalanish odatlaridagi farqlar — bularning barchasi avtomobilning haqiqiy ishlashiga tasir qiladi. Shuning uchun avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarining mahalliy moslashuvchanligini sinchkovlik bilan sinashlari kerak.

    Shuningdek, biz turli xil yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillari ishlab chiqaruvchilarini tegishli mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga va mahalliy rasmiy hamkorlar bilan iste’molchilarga sotuvdan keyingi oqilona kafolat xizmatlarini taqdim etish uchun xizmat ko‘rsatish tizimlari va mahsulot matritsalarini yaratish va mahalliy foydalanish ssenariylariga mos keladigan avtomobil mahsulotlarini sinovdan o‘tkazishga va iste’molchilar avtomobillarni sotib olayotganda va undan foydalanayotganda tashvishlanmasligiga chaqirishda davom etamiz.

    Ko‘pgina isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi import qiluvchilarning xarajatlarini oshishi va shu orqali elektr transport vositalari narxini oshishi va BYD ham ushbu chora-tadbirlar orqali raqobatni cheklashidan xavotirda, bu haqda qanday fikrdasiz?

    BYD kompaniyasining fikriga ko‘ra, bu mahsulot sotuvchisi ko‘tarishi kerak bo‘lgan barcha zarur xarajatlardir. Darhaqiqat, sanoat kengayib borishi bilan mahsulot va xizmatlar narxi asta-sekin pasayadi. Oxirgi uch yilda O‘zbekistonda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar savdosi to‘rt barobar oshdi, mahsulotlar arzonlashdi, narxlar esa raqobatbardosh bo‘ldi. Bular iqtisodiy islohotlar va butun O‘zbekiston iqtisodiyotining ochiqligi samarasidir. Ushbu chora-tadbirlar raqobatni cheklamaydi, aksincha, ko‘proq ixtisoslashgan korxonalar iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishi uchun uning chegarasini oshiradi va keyin masshtab effekti orqali xarajatlarni kamaytiradi, bu esa pirovardida ko‘pchilik iste’molchilarga foyda keltiradi.

    BYD O‘zbekiston bozoriga kirganidan so‘ng o‘tgan yil davomida biz rustilidagi ovozli yordamchi, o‘zbek tilidagi avtomobil tizimi va 4G bulutli xizmat funksiyasini ishga tushirdik, bu mahalliy iste’molchilarning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi, shuningdek, O‘zbekistondagi mahalliy xavfsiz axborot tarmog‘iga tayangan holda avtomobil egalari va foydalanuvchilari maʼlumotlarining maxfiyligi va xavfsizligini taʼminlash uchun Toshkentdagi maʼlumotlar markaziga sarmoya kiritdik. Biz baʼzi modellarimizda konditsioner kompressorini yozning yuqori haroratida konditsionerning sovitish samaradorligini hisobga olgan holda yangiladik va uning quvvatini oshirdik.

    DM-i supergibrid haydovchi boshqaruvi hozirda avtomobilning energiya samaradorligi va mahsulot barqarorligini yanada yaxshilash uchun mahalliy yoqilg‘i sifati holatiga moslashtirilmoqda.

    Shu bilan birga, biz sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va ehtiyot qismlar omborlarining umummilliy tarmog‘ini yaratdik, aprel oyida esa mahalliy iste’molchilarga har tomonlama xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydigan yangi xizmat ko‘rsatish Call-markazi ochiladi.

    Bir necha kun avval Xitoyning yana bir avtomobil brendi O‘zbekistonga rasman kirib kelganidan juda mamnunmiz, bu istemolchilarga mahsulot tanlash uchun ko‘proq imkoniyatlar va rasmiy kanallar orqali ishonchli sotuvdan keyingi xizmatni taqdim etadi. BYD yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalari bo‘yicha jahon yetakchisi bo‘lganligi sababli, kelajakda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarining yanada ko‘proq brendlari O‘zbekistonda rasmiy kanallar yaratish va professional xizmatlar ko‘rsatish orqali rivojlanish yo‘limizni davom ettirishiga ishonamiz. Biznes-maqsadga to‘liq raqobat orqali erishiladi.

    Shu bois, O‘zbekistonda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalari tanlovi faqat o‘sib borishiga, narx pastroq bo‘lishiga va xizmat ko‘rsatish yaxshilanishiga ishonamiz. Buning uchun hukumat va biznes tomonidan qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish, shuningdek, isteʼmolchilar tomonidan nazorat va tushunish talab etiladi.

    Hozirgi vaqtda Xitoy bozorida yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillari narxlari o‘rtasidagi raqobat juda kuchli va ko‘plab avtomobil kompaniyalari narxlarni pasaytirmoqda, BYD endi O‘zbekistonda o‘z mahsulotlari narxini moslashtiradimi?

    Xitoyning yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillari bozori o‘ta kuchli raqobat bosqichiga kirdi, murakkab va beqaror vaziyat sanoat o‘zgarishlari va raqobat muhitini tezlashtiradi. Hozirgi vaqtda Xitoy bozorida maʼlum elektromobil modellari uchun narxini pasaytirish hozirgi bosqichda bozor strategiyasidir, ammo narxlarning o‘ynashi oxir-oqibat raqobat sharoitida barqarorlashadi. Tez o‘zgarishlar davrida iste’molchilar uchun barqaror va raqobatbardosh avtomobil mahsulotlarini tanlash ayniqsa muhimdir.

    Eng yirik shaxsiy isteʼmol mahsulotlaridan biri sifatida, haydash atributlaridan tashqari, isteʼmolchilar uchun muhim ko‘rsatkich avtomobil narxining saqlanishi ham hisoblanadi. BYD O‘zbekistonda ishga tushirilganidan buyon o‘z mahsulotlari qiymatini oshirish va saqlash, qo‘shimcha xizmatlar va kafolat tizimlarini taqdim etish orqali isteʼmolchilarga narx va sifat mutanosibligini taʼminlash bo‘yicha qatʼiy ish olib bormoqda. Kelgusi bir necha oy ichida isteʼmolchilarga ko‘proq tanlov imkonini berish uchun bozorda yangi modellar va yangi konfiguratsiyalar paydo bo‘ladi. Shuningdek, biz mahalliy ishlab chiqarilgan modellarni mahalliylashtirish orqali ishlab chiqarilayotganda arzonroq narxlarni taklif qilamiz va mahsulot tannarxini bosqichma-bosqich pasaytiramiz.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining o‘tgan yilgi 443-sonli qaroriga muvofiq, BYD ham mahalliy ishlab chiqarilgan yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar uchun kreditlar bo‘yicha imtiyozli foiz stavkalarini joriy etishni faol ilgari surmoqda va biz hukumat va banklarning to‘liq hamkorligi tufayli joriy yilning ikkinchi yarmida BYD mahsulotlarini yoqtiradigan iste’molchilar o‘zlarining sevimli yangi BYD energiyadagi avtomobillarini turli xil darajadagi narxlarda sotib olishlari mumkin, bu esa hammaga haqiqatan ham foyda keltiradi.

    BYD hozirda asosan plaginli gibrid PHEVlarni ishlab chiqaradi, sof elektr BEVlar ishlab chiqarish rejalashtirilganmi va BYD kelajakda O‘zbekistonda o‘z mahsulotlarini qanday boyitadi?

    Birinchi bosqichda 50 000 dona yangi energiya manbalari yordamida harakatlanuvchi avtomobillarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan va joriy yilning o‘zida avtomobillarning bir necha xili ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Yuqorida aytib o‘tilganidek, joriy yilning oxiriga qadar biz turli xil avtomobil modellarini jumladan – shahar ichida qisqa masofalarga sayohat qilish uchun va viloyatlar orasidagi shaharlararo sayohatlargacha bo‘lgan masofalarni bosib o‘ta olishni qondirish uchun mini-avtomobillardan tortib yirik hashamatli sedanlar, SUVlar va MPVlargacha bo‘lgan BYD’ning barcha avtomobil lineykasini qamrab oluvchi kamida 10 ta modelni sotish rejalashtirilgan.

    Shuningdek, biz isteʼmolchilarga eng so‘nggi va ilg‘or BYD texnologiyalari va mahsulotlari bilan tezroq tanishish imkonini berish uchun mahalliylashtirilgan modellarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish sur’atlarini tezlashtiramiz. Shu bilan birga, biz O‘zbekistondagi isteʼmolchilar yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarini boshqarishning yangi innovatsion afzalliklarini to‘liq his qilishlari uchun mahsulotlarimiz funksionalligini kengaytirish va ulardan foydalanish tajribasini yaxshilashni davom ettiramiz.

    Sheriklik huquqi asosida.

    25.03.2024, 19:30   Izoh (0)   8430
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda uchta elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

    25.03.2024, 19:19

    Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan o‘qituvchi 8 yilga qamaldi 

    25.03.2024, 19:18

    O‘zbekistonda axborot texnologiyalariga qiziquvchi eng faol qizlar BAAga yuboriladi 

    25.03.2024, 18:50

    Farg‘onada fuqaro uyida noqonuniy qurol saqlab kelayotgani aniqlandi 

    25.03.2024, 18:35

    Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi 

    25.03.2024, 18:10

    Robotlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi kompaniya O‘zbekistonda ofis ochmoqda 

    25.03.2024, 17:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.