Crocus City Hallʼdagi terakt qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida elchixona xodimlari Moskva shahri va Moskva viloyatidagi tibbiyot muassasalariga borayotgani maʼlum qilindi.
Elchixona maʼlumotida keltirilishicha, Toshkent vaqti bilan 14:00 holatiga ko‘ra, jabrlangan yoki halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari haqida maʼlumot kelib tushmagan. Elchixona tegishli huquq-tartibot idoralari va tibbiyot muassasalari bilan yaqin aloqada bo‘lib turibdi.
Moskva shahrida xavfsizlik choralari kuchaytirilayotgani munosabati bilan elchixona “Domodedovo” va “Vnukovo” xalqaro aeroportlaridan parvoz qilayotgan yo‘lovchilarni aeroportlarga oldindan yetib kelishini so‘radi.
“Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqiramiz. Zarur hollarda O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo‘limining call-markaziga murojaat qiling: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76”, – deyiladi elchixona xabarida.
Izoh (0)