Turinning “Yuventus” jamoasi Massimiliano Allegriga o‘rinbosarlar topdi.
Allegrining turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilgacha mo‘ljallangan. Tomonlar hali yangi bitimni muhokama qilgani yo‘q.
La Gazzetto dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, murabbiyning jamoadagi kelajagi joriy mavsumdagi natijalarga bog‘liq. “Byankoneri” Italiya Kubogini qo‘lga kiritish imkoniyatini saqlab turibdi.
Agarda Allegri jamoani tark etadigan bo‘lsa, “Yuventus” uning o‘rnini bosadigan mutaxassislar ro‘yxatini tuzib chiqqan. Hozirda “Bolonya”ni boshqarayotgan Tyago Motta, shuningdek, Vinchenso Italyano (“Fiorentina”) va Raffael Palladino (“Monsa”) “Yuventus” bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar bo‘lib turibdi.
“Yuventus” A Seriyada ortda qolgan 29 turdan so‘ng 59 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)