• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Superliga-2024. 3-tur bahsli vaziyatlari yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi e’lon qilindi

    17-mart kuni O‘zbekiston Superligasi 2024-yilgi mavsumi 3-turi o‘z nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tur yakunlangach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

    3-tur doirasida o‘tkazilgan 7 o‘yinda jami 11 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi: quyida ularning batafsil izohi keltirilgan:

     

    1-vaziyat: “Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvi, penalti.

    Turning dastlabki bahsi 36-daqiqasida “Lokomotiv”ning 2-raqamli futbolchisi A. Abdurashidov raqib jarima maydonchasi ichiga kirib borayotgan vaqtida “Paxtakor”ning 22-raqamli a’zosi U. Adhamzoda bilan kontakt sodir bo‘lgan va hujumchi jarima maydonchasi ichida yiqilgan. Bosh hakam Rustam Lutfullin 11 metrlik nuqtaga ishora qilgan, VAR hakami ham uning qarorini tasdiqlagan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyalanayotgan jamoa futbolchisi raqibini chalib yuborgan. Penalti to‘g‘ri qo‘yilgan, hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi.


    2-vaziyat: “So‘g‘diyona” – “Olimpik” bahsi, ehtimoliy fol.

    Jizzaxdagi bahsning 44-daqiqasida mezbonlar hujumi avvalida ikki jamoa vakillari to‘qnash kelgan va to‘p “So‘g‘diyona” futbolchisining qo‘liga tekkan. Shundan so‘ng, mezbonlar hujumni gol bilan yakunlagan. Dastlab, 2-yordamchi hakam bu vaziyatda o‘yindan tashqari holat qayd etgan, biroq keyinchalik VAR hakamlari ofsayd chizig‘ini chizish orqali gol toza urilganini qayd etishgan. 

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Dastlabki vaziyatda “So‘g‘diyona” futbolchisining qo‘li tabiiy holatda. Aksincha, “Olimpik” futbolchisi qoida buzmoqda. Shunday bo‘lsa ham, to‘p mezbonlarda qolgani sababli bosh hakam o‘yinni to‘xtatmagan. Gol urilgan vaziyatda ofsayd yo‘q. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.


    3-vaziyat: “So‘g‘diyona” – “Olimpik” o‘yini, penalti.

    Ushbu uchrashuvning 52-daqiqasida “So‘g‘diyona”ning 22-raqamli futbolchisi “Olimpik” a’zosining oyog‘ini bosib olgan. Shundan so‘ng, bosh hakam Firdavs Norsafarov 11 metrli jarima zarbasi belgilagan. VAR hakamlari ham uning qarorini tasdiqlagan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda himoyachi raqibining oyog‘ini oyoq kiyimning tag qismi bilan bosgan va bu penaltiga sabab bo‘lgan. Hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.


    4-vaziyat: “So‘g‘diyona” – “Olimpik”, bekor qilingan penalti.

    Uchrashuvning 84-daqiqasida “Olimpik” futbolchisi raqib jarima maydonchasi chizig‘i ustida raqib futbolchisi bilan to‘qnashib ketib, yiqilgan. Dastlab bosh hakam penalti belgilagan, biroq keyinchalik VAR hakamlari yordami bilan bunga o‘zgartirish kiritilib, fol jarima maydonchasi ichida emas, tashqarisida bo‘lgani qayd etilgan hamda jarima zarbasi belgilangan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Fol jarima maydonchasi tashqarisida sodir etilgan. VAR vaziyatga aralashib to‘g‘ri qilgan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.


    5-vaziyat: “So‘g‘diyona” – “Olimpik” uchrashuvi, ehtimoliy penalti.

    Jizzaxdagi bahsning 90-daqiqasida mezbonlar a’zosi Zoteyevning zarbasi jarima maydonchasi ichida “Olimpik” a’zosining qo’liga tekkan. Bosh hakam uchrashuvni davom ettirishga ruxsat bergan. Biroq keyinchalik e’tirozlarga chek qo‘yish maqsadida VAR monitori yoniga borgan. Takrorlarni ko'rib chiqqan Norsafarov qarorini o‘zgartirmagan va o‘yin davom ettirilgan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Himoyachining qo‘li tanaga yopishib, tabiiy holatda turibdi. Bu vaziyatda bosh hakam o‘yinni davom ettirib, to‘g‘ri qilgan. VAR takrorlarida ham bu qaror to‘g‘riligi o‘z tasdig‘ini topgan. Hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.


    6-vaziyat: “Surxon” – “Andijon” bahsi, penalti.

    O‘yinning 34-daqiqasida andijonliklar jarima zarbasini ijro etgach, “Surxon”ning 10-raqamli futbolchisi D. Pletnev mehmonlarning 17-raqamli a’zosi F. Sohibjonovni o‘z jarima maydonchasi ichida yiqitgan. Vaziyatni yaqindan kuzatib turgan bosh hakam Asker Najafaliyev darhol 11 metrli nuqtaga ishora qilgan. VAR hakamlari ham penaltini tasdiqlagan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: “Surxon” futbolchisi hujumchiga nisbatan fol ishlatgan, penalti to‘g‘ri belgilangan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.


    7-vaziyat: “Neftchi” – “Metallurg” uchrashuvi, mezbonlarning goli.

    Farg‘onadagi bahsning 89-daqiqasida mezbonlar a’zosi K. Karp raqib darvozasini ishg’ol qilgan. Futbolchi zarba berayotgan paytda uning 3 ta jamoadoshi o‘yindan tashqari holatda bo‘lgan. Biroq VAR hakamlari takrorlarni ko‘rib chiqqach, golni inobatga olishni tavsiya qilgan. Shundan so‘ng, gol hisoblangan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: O‘zFHM tashabbusi bilan ishga tushirilgan 2 darvoza ortidagi kameralar bu safar ham yana bir bor o‘z foydasini ko‘rsatdi. Darvoza ortidagi kamera tushirgan tasvirda ofsayddagi futbolchilar to‘p va darvozabon yo‘lini to‘smagani aniq ko‘ringan. Gol qoidalarga muvofiq urilgan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.


    8-vaziyat: “Bunyodkor” – “Navbahor” o‘yini, ehtimoliy penalti.

    Uchrashuvning 25-daqiqasida “Navbahor” futbolchilari jarima zarbasini ijro etgach, “Bunyodkor” darvozaboni to‘pni mushti bilan uzoqlashtirgan. Shu jarayonda to‘p “Bunyodkor”ning 11-raqamli a’zosi T. Abduxoliqovning qo‘liga tekkan. Bosh hakam dastlab o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan. So‘ngra, VAR hakamlari bilan qisqa suhbatdan keyin o‘yinni davom ettirish qarorida qolgan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda o‘yin davom ettirilishi to‘g‘ri qaror bo‘lgan. To‘p o‘z jamoadoshidan uzatilgan vaziyatda qo‘lga tegsa, penalti belgilanmaydi. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.


    9-vaziyat: “Bunyodkor” – “Navbahor” uchrashuvi, penalti.

    Toshkentdagi bahsning 69-daqiqasida “Navbahor”ning hujumi chog‘ida to‘p mezbonlarning 66-raqamli a’zosi A. To‘lqinbekovning qo‘liga tekkan. Dastlab, bosh hakam o‘yinni davom ettirgan. So‘ngra, VAR hakamlari Olim To‘ychiboyevni monitor yoniga chaqirgach, hakam 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: To‘p himoyachining notabiiy holatdagi qo‘liga tekkan. Bu vaziyatda VAR hakamlari bosh hakamga yordam berib, to‘g‘ri qilgan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.


    10-vaziyat: OKMK – “Dinamo” bahsi, ehtimoliy penalti.

    Olmaliqdagi uchrashuvda yuzaga kelgan ushbu bahsli vaziyat samarqandliklarning hujumi jarayonida yuzaga kelgan. “Dinamo”ning 21-raqamli hujumchisi A. Xolmirzayev raqib jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurash chog‘ida himoyachi va darvozabon bilan to‘qnashib, yiqilgan. Bosh hakam o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan, VAR hakamlari ham uning qarorini qo‘llab-quvvatlagan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda to‘pga birinchi bo‘lib himoyachi tekkan. Shundan so‘ng, himoyachi va hujumchi o‘rtasida kontakt sodir bo‘lib, “Dinamo” a’zosi yiqilgan. To’pga birinchi bo’lib o‘ynagani uchun OKMK a’zosi qoidani buzmaganini qayd etishimiz mumkin. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.


    11-vaziyat: OKMK – “Dinamo” uchrashuvi, ehtimoliy penalti.

    Ushbu bahsda yana bir bor shunga o‘xshash holat qayd etildi. “Dinamo” jamoasining hujumi chog‘ida jamoa vakili X. Halilov raqib jarima maydoni ichida to‘p uchun kurash chog‘ida himoyalanayotgan jamoa vakilidan oyog‘iga yengil zarba qabul qilib olgan. Vaziyatni juda yaqindan kuzatib turgan bosh hakam Ibrohim Ismoilov o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan. VAR hakamlar vaziyatni tekshirib chiqqach, penaltiga asos yo‘qligini qayd etgan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi to‘p uchun kurash chog‘ida kontakt qayd etgan. Biroq bu penalti belgilash uchun yetarli asos emas. Qolaversa, vaziyatni bosh hakam juda yaqindan kuzatib turgan, u bu holat uchun 11 metrli jarima zarbasi belgilanishi noto‘g‘ri bo‘lishini tushungan. O‘yinni davom ettirish — to‘g‘ri qaror edi. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.

    19.03.2024, 11:02   Izoh (0)   6621
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hakamlar qo‘mitasi birinchi turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan xulosa berdi

    05.03.2024, 21:42

    Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi JCH-2026 saralash uchrashuviga tayinlov oldi 

    13.03.2024, 15:11

    Futbol bo‘yicha “Aral” – “Do‘stlik” uchrashuvi bosh hakami o‘yinlardan chetlatildi

    14.03.2024, 18:23

    “O’zbekiston Osiyoning eng yaxshilari bilan raqobat qila oladi” — Katanes OFK rasmiy saytiga intervyu berdi

    19.03.2024, 10:49

    Angliyaning “Nottingem Forest” klubidan 4 ochko olib tashlandi 

    18.03.2024, 21:17

    “Trabzonspor” muxlislari va “Fenerbahche” futbolchilari o‘rtasidagi mushtlashuvdan keyin 12 kishi qo‘lga olindi (video)

    18.03.2024, 18:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shimoliy Koreya Rossiyaga 12 mln dan ortiq snaryad yetkazib bergan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 17:50

    Britaniyada 60 ga yaqin deputat Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 17:30

    Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 17:12

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.