Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 18-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Yuventus” 30-dekabr, shanba kuni “Roma”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida turinliklar futbolchisi Adrien Rabyo hisobni ochdi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va turning markaziy o‘yinida “Yuventus” g‘alaba qozondi.
Bahs g‘olibi “Yuventus” ochkolari sonini 43 taga yetkazib, 2-o‘rinni egallab turibdi. Rimliklar esa 28 ochko bilan 7-pog‘onani band etgan.
A Seriya
18-tur bahsi
30-dekabr, shanba
“Yuventus” – “Roma” 1:0
Gol: 1:0 – 47 Rabyo.
“Yuventus”: Shensni, Danilo, Bremer, Gatti, Vea, Kostich (Ayling, 76), Rabyo, Lokatelli, Makkenni (Rugani, 90), Yildiz (Kyeza, 66), Vlahovich (Milik, 76).
“Roma”: Ruy Patrisiu, Kristensen, Lyorente, Manchini, Ndika, Zalevski (Azmun, 80), Paredes (ash-Shaaravi, 74), Kristante, Bove (Pellegrini, 64), Dibala, Lukaku.
Ogohlantirishlar: Paredes (68), Lokatelli (77).
Izoh (0)