“Daryo” muxbiri Toshkent shahrida yuqori narxlarda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari haqida ma’lumot tayyorladi.
“Farhod” dehqon bozorida 1 kilo dovuchcha (g‘o‘ra) 800 ming so‘mdan sotilmoqda. Alohida idishlarga qadoqlangan 90 grammli dovuchcha 70 ming so‘mdan xaridorlarga taklif etilmoqda.
Bozorda xorijdan olib kelingan tarvuzning 1 kilosi 90 ming so‘mdan. Butun tarvuz sotib olmaydigan xaridorlar uchun uning yarimi kilolab ham sotilmoqda.
Qovunning narxi esa 150 ming so‘mdan taklif etilmoqda. Uni tatib ko‘rganlarning aytishicha, garchi O‘zbekistonda yetishtirilgan qovunlarning mazasiga yetmasa-da, hidi va ta’mi biroz o‘xshash.
“Korzinka” do‘konlar tarmog‘idagi peshtaxtalarda bir kilo tarvuzning narxi 99 ming 90 so‘m.
Argentinadan keltirilgan gilosning 1 kilosini 499 ming 990 so‘mdan sotib olish mumkin. Yana shu mamlakatdan keltirilgan qizil silliq shaftolining kilosi 249 ming 990 so‘mdan taklif etilmoqda.
Qulupnay yirik yoki maydaligiga qarab 250 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda.
Izoh (0)