Iqtisodiyot va moliya vazirligi Toshkent shahridagi Food City va “Chorsu” bozorlarini o‘rganib, 25 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 5-fevraldagi ulgurji narxlarini eʼlon qildi.
O‘rganishlarga ko‘ra, “Chorsu”da mol va qo‘y go‘shtlarining ulgurji narxi o‘tgan yildan beri o‘zgarmagan. Jumladan, mol go‘shtining kilosi 60 000-70 000 so‘m, qo‘y go‘shti 65 000–70 000 so‘mdan sotilmoqda.
Food City’da kartoshkaning bir kilosi maksimum 4 800 so‘m (o‘tgan hafta 4 600 so‘m bo‘lgan), piyoz 900–2 400, sabzi 1 100–4 000 so‘mdan sotilmoqda.
Mazkur bozorda Lazer guruchini 16 000–24 000 so‘m oralig‘ida, no‘xat 6 000–33 000 so‘mdan, qizil loviya 15 000–18 000 so‘m, moshni 11 800–15 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.
Bulg‘or qalampirining maksimum narxi o‘tgan dushanbadagidan 7 000 so‘mga qimmatlashib, 42 000 so‘mdan sotilmoqda. Pomidorning eng yuqori narxi esa 30 000 so‘m bo‘lgan.
Bodring mahsulotining maksimum narxi bir hafta davomida 5 000 so‘mga qimmatlashib, 40 000 so‘mga chiqdi.
Mevalardan banan narxi o‘tgan dushanbadagi 22 000 so‘mdan (maksimum) sotilmoqda. Anor narxi o‘tgan haftadagidan 5 000 so‘mga oshdi va kilosini maksimum 45 000 so‘mdan xarid qilish mumkin. Bir hafta davomida uzum mevasining eng yuqori narxi 65 000 so‘mdan 75 000 so‘mga oshdi.
Izoh (0)