Toshkentda 15 yoshli yigit avtomashina o‘g‘irlagani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Millar” dasturida ma’lum qilindi.
Bola Uchtepa tumanida Lecetti o‘g‘irlab qo‘lga tushgan. Mashinaning o‘zi YTHga uchragan holatda topilgan. Aniqlanishicha, u bundan avval ham ikki marta mashina o‘g‘irlagan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi mazkur yigitning ishini maktabda sayyor sud tartibida ko‘rib chiqdi va sud hukmiga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 267-moddasining 1-qismi (transport vositasini olib qochish) va 85-modda (voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish) bilan aybdor deb topilib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
U jazoni tarbiya koloniyalarida o‘taydi.
Izoh (0)