Termiz shahrida Surxondaryo tajribasi misolida ertaga, 7-mart kuni “Talabalar bahori” yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, shu munosabat bilan festival doirasida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar davomida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida shaharning qator ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi.
Jumladan:
- “Talabalar ommaviy yugurish marafoni” o‘tkazilishi munosabati bilan soat 06:00 dan 10:00 gacha: Alisher Navoiy ko‘chasining “Surxon-Arena” sport majmuasi yonidagi chorrahasi, Alisher Navoiy va Islom Karimov (Bojxona chorrahasi) ko‘chalari kesishgan chorrahadan Begoyim restorani chorrahasigacha hamda ushbu chorrahadan Barkamol avlod va Boboqo‘rg‘on, shuningdek, Boboqo‘rg‘on hamda Dilnavo ko‘chalari chorrahasi orqali Hakim at-Termiziy shohko‘chasining “Bolajon” bog‘igacha bo‘lgan qismida;
- “Talabalar ommaviy velomarafoni” hamda “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan soat 06:00 dan 24:00 gacha: Hakim at-Termiziy shohko‘chasining Temir yo‘l vokzali yonidagi chorrahasidan “Bolajon” bog‘idagi chorrahasigacha bo‘lgan qismi transportlar harakati uchun to‘liq yopiladi.
Izoh (0)