Buxoro shahar hokimligi shaharda o‘rindiqlari teshik bo‘lgan charxpalak attraksioni borligi haqidagi xabarlarni rad etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “ajal charxpalagi” deya nosoz holdagi attraksion tasviri aks etgan video tarqatilib, u Buxoro parklaridan birida ekanligi yozilgan.
Shahar hokimligi matbuot xizmati bu maʼlumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini, Buxorodagi parklarda bunday nosoz holdagi attraksionlar, xususan, nosoz holdagi charxpalak mavjud emasligini ma’lum qildi.
Shuningdek, Somoniylar madaniyat va istirohat bog‘idan o‘rin egallagan charxpalak suratlarini ilova qildi.
Hokimlik matbuot xizmati ijtimoiy tarmoq faollaridan tekshirilmagan va yolg‘on maʼlumotlar tarqatmasliklarini so‘rab, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatdi.
Izoh (0)