• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Hakamlar qo‘mitasi birinchi turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan xulosa berdi

    O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tur yakunlangach, Ekspert-hakamlar komissiyasining yangi mavsumdagi birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

    Ma'lumotlarga qaraganda, dastlabki tur o‘yinlarida jami 10 ta bahsli vaziyat yuzaga kelgan: quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qaror bilan tanishishingiz mumkin.

    1-vaziyat: “Navbahor” – “Dinamo” uchrashuvi, ehtimoliy qizil kartochka.

    Chempionatning ochilish uchrashuvi 14-daqiqasida “Navbahor”ning 9-raqamli futbolchisi O.Hamrobekov to‘p uchun kurashda raqib jamoaning 10-raqamli a’zosi J. Kojoga nisbatan qo‘pol o‘yin namoyish etgan. Bosh hakam ehtiyotsiz o‘yin uchun Hamrobekovga sariq kartochka ko‘rsatgan. VAR hakamlari takroriy lavhalarni har xil rakursdan ko‘rib chiqib, kontakt yaqqol ko‘ringan kadrni topa olmagach, bosh hakamning qarorini qo‘llab-quvvatladi.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri deb topildi.

    2-vaziyat: “Navbahor” – “Dinamo” uchrashuvi, ehtimoliy penalti.

    Uchrashuvning 1-bo‘limiga qo‘shib berilgan daqiqalarda “Dinamo”ning 8-raqamli futbolchisi Xislat Halilov mezbonlar jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurashib, raqib oyog‘iga chalinib yiqilgan. Ushbu vaziyatda bosh hakam Namangan klubi a’zosi to‘pga birinchi tekkan, deb hisoblab, o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan. Biroq Ekspert-hakamlar komissiyasi bu vaziyatda himoyalanayotgan futbolchi ehtiyotsizlik namoyish etganini hisobga olib, penalti belgilanishi to‘g‘ri qaror bo‘lishini qayd etdi.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Hakamlar jamoasining qarori noto‘g‘ri deb topildi.

    3-vaziyat: “Navbahor” – “Dinamo” uchrashuvi, mezbonlar foydasiga penalti.

    O‘yinning 82-daqiqasida “Dinamo” jarima maydonchasi ichida 26-raqamli himoyachi K. Sharafutdinov raqib a’zosi A. Ismoilovga nisbatan qo‘pollik namoyish etgach, u yiqilgan. Dastlab bosh hakam Rahimbek Karimov o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan. VAR hakamlari ushbu vaziyatni takroran ko‘rib chiqib, bosh hakamni monitor oldiga chaqirgan. So‘ngra, bosh hakam takrorlarni ko‘rib chiqqach, 11 metrlik jarima zarbasi belgilab, qoida buzgan futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatgan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Penalti to‘g‘ri qo‘yilgan, jarima maydonchasi ichida haqiqatan ham qo‘pol o‘yin kuzatilgan. Biroq bosh hakam tomonidan ko‘rsatilgan sariq kartochka noto‘g‘ri berilgan.

    4-vaziyat: “Navbahor” – “Dinamo” uchrashuvi, “Dinamo” darvozasiga ehtimoliy penalti.

    Uchrashuvning 90+7-daqiqasida “Navbahor”ning 11-raqamli futbolchisi A. Sobirjonov tezkor qarshi hujum chog‘ida ortidan kelayotgan raqib himoyachisi bilan to‘p uchun kurashdan so‘ng, jarima maydonchasi ichida yiqilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi bu vaziyatda to‘p uchun tabiiy kurash kechgani va himoyachi to‘pga birinchi tegib, shundan so‘ng hujumchi va uning o‘rtasida kontakt bo‘lganini qayd etdi.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: O‘yin davom ettirilishi to‘g‘ri qaror. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri deb topildi.

    5-vaziyat: “Nasaf” – “Olimpik” o‘yini, 2-sariq kartochka, chetlatish.

    Qarshidagi uchrashuvning 83-daqiqasida “Olimpik”ning 18-raqamli futbolchisi A. Abdirasulov raqib hujumchisini qo‘pollik bilan bartaraf qilgani bois, bosh hakam Aziz Asimov tomonidan o‘yindagi 2-sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatilgan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Sariq kartochkasi bor futbolchi istiqbolli hujumni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolgani uchun maydondan asosli chetlatilgan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri deb topildi.

    6-vaziyat: “Lokomotiv” – “Metallurg” bahsi, mehmonlarning goli.

    Uchrashuvning 43-daqiqasida mezbonlar jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurash chog‘ida to‘qnashuv yuzaga kelgan, bu paytda 70-raqamli himoyachi qo‘li bilan to‘pga o‘ynagan. Shundan so‘ng, VAR hakamlari bosh hakamni ekran yoniga chaqirgan. Yakunda bosh hakam Olim To‘ychiboyev 11 metrlik nuqtaga ishora qilgan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: VAR vaziyatga aralashib, to‘g‘ri qilgan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri deb topildi.

    7-vaziyat: “Lokomotiv” – “Metallurg” bahsi, mehmonlarning ehtimoliy penalti.

    Bahsning 89-daqiqasida mehmonlar hujumi chog‘ida “Lokomotiv”ning 2-raqamli futbolchisi A. Abdurashidovning qo‘liga to‘p tekkandek ko‘ringan. Bosh hakam uchrashuvni davom ettirishga ruxsat bergan, VAR takroriy lavhalar orqali himoyachining qo‘li tabiiy holatda bo‘lganini qayd etgan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Qo‘l tabiiy holatda bo‘lgan, bu vaziyatda penalti yo‘q. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri deb topildi.

    8-vaziyat: “Surxon” – “Paxtakor” bahsi, mezbonlarning bekor qilingan goli.

    Toshkentdagi bahsda “Paxtakor” darvozasiga urilgan ushbu gol birinchi yordamchi hakam tomonidan ofsayd, deya qayd etilgan. VAR hakamlari takroriy lavhalar orqali chiziq tortib, ushbu vaziyatda o‘yindan tashqari holat borligini tasdiqlagan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: VAR hakamlari tomonidan tortilgan chiziq ham barchasini isbotlab turibdi, gol ofsayddan urilgan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri deb topildi.

    9-vaziyat: “Surxon” – “Paxtakor” bahsi, ehtimoliy penalti.

    Ushbu vaziyatda dastlab o‘yinni davom ettirgan bosh hakam Abdurashid Xudoyberganovni VAR hakamlari ehtimoliy penalti sababli ekran yoniga chaqirgan. Takrorlarni ko’rib chiqqan bosh hakam to‘p uchun tabiiy kurash ketgan, deb hisoblab, o‘z qarorini o‘zgartirmagan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bosh hakam o‘z qarorida qolib to‘g‘ri qilgan, bu vaziyatda to‘p uchun tabiiy kurash sodir bo‘lgan. Hakamning qarori bir ovozdan to‘g‘ri deb topildi.

    10-vaziyat: “Surxon” – “Paxtakor” bahsi, ehtimoliy jarima zarbasi.

    Uchrashuv 2-bo‘limida “Surxon” hujumchisi raqib darvozaboni bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqdi. To‘p uchun oldinga chiqqan darvozabon hujumchi bilan jarima maydonchasi tashqarisida to‘qnashdi va hujum to‘xtatildi. Bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov uchrashuvni davom ettirishga ruxsat berdi.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Darvozabon to‘pga o‘ynagan, shundan so‘ng hujumchi bilan kontakt sodir bo‘lgan. Bu vaziyatda o‘yin davom ettiriladi. Bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi.

    05.03.2024, 21:42   Izoh (0)   5874
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sariq kartochka uchun moliyaviy jarima, yon hakam uchun oshirilgan to‘lov — O‘zFHM jurnalistlar uchun yig‘ilish o‘tkazdi

    29.02.2024, 10:05

    Superliga. “Navbahor” Namanganda “Dinamo”ga imkoniyat qoldirmadi 

    01.03.2024, 20:34

    PFL Superliga va Pro Liga klublarini shartnomalar masalasida rasman ogohlantirdi

    04.03.2024, 10:40

    Fransiya chempionati yangi mavsumdan “Makdonalds” nomini olishi mumkin

    05.03.2024, 17:32

    “Navbahor” klubiga yangi prezident tayinlandi 

    05.03.2024, 12:15

    “Otasi bilan daraxt kesib, uy ishlariga yordam berardi”. “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandning bolaligi haqida 

    05.03.2024, 11:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Trampdan Ukrainaning bosib olingan hududlarini tan olishni talab qilmoqchi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 15:05

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    “PSJ” darvozaboniga “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Bavariya” qiziqish bildirmoqda

    Sport | 8 avgust, 15:04

    Qo‘l ostidagi xodimlariga quldek munosabatda bo‘ladigan takabbur mashhurlar

    Shou-biznes | 8 avgust, 14:53

    Putin Shavkat Mirziyoyevga AQSH prezidenti maxsus vakili bilan muzokaralari asosiy natijalarini aytdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 14:33

    Yevropa aeroportlarda suv olib o‘tish taqiqi bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 8 avgust, 14:21

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.