Fransiya chempionati yangi mavsumdan boshlab Makdonalds Liga 1 nomini olishi mumkin.
Bir necha mavsumdan buyon turnir Liga 1 Uber Eats deb nomlanib kelayotgan edi. Ovqat yetkazib berish xizmati bilan shartnoma joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi.
Jurnalist Daniel Rioloning xabar berishicha, turnirning yangi homiysi “Makdonalds” bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tdi. Yangi shartnomaga muvofiq Fransiya Professional Ligasi har mavsumda 20 million yevro oladi. Hozirgi bitimga ko‘ra, liga 15 million yevro oladi.
“Fransuz futbolidagi barcha tijoriy muzokaralar faqat “PSJ” atrofida bo‘lmoqda. Kechirasiz, lekin xuddi shunday. Uber Eats shartnomani yangilamoqchi edi, biroq ular Prime Video’dagi tomoshabinlarni hisobga olgan holda kamroq to‘lamoqchi edi. Shuningdek, bu nomni yoqtiradiganlar ham ko‘p emasdi.
Shunda Vinsent Labryun (Fransiya Professional Ligasi prezidenti) o‘z stolida yangi shartnoma papkasini ko‘rdi. Bu “Makdonalds” edi. Hozircha xabar rasman e’lon qilinmayapti, biroq tayyorgarliklar ketmoqda. Ular buning ustida ishlamoqda”, — deydi Riolo.
Izoh (0)